Isroil-Falastin mojarosi. Hozirgacha nimalar ma’lum?
Olam
−
09 Oktabr 2023
139187 oktyabr kuni boshlangan Isroil-Falastin mojarosi qurbonlari soni 1100 ga yaqinlashdi. Bu haqda The Washington Post yozmoqda.
HAMAS harakati jangarilarining hujumidan so‘ng, mamlakat qurolli kuchlari G‘azo sektorida havo hujumlarini amalga oshirganiga qaramay, Isroil janubida janglar davom etmoqda.
Isroil armiyasi matbuot kotibi podpolkovnik Jonatan Konrikusning aytishicha, Isroil ichida qolgan jangarilarni ovlash uchun kurash “yana bir necha soat, balki undan ham uzoqroq davom etadi”.
Isroil harbiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda halok bo‘lganlar soni 700 dan oshgan, minglab odamlar yaralangan. Falastin rasmiylari G‘azo sektorida kamida 413 kishi halok bo‘lgani, 2300 ga yaqin kishi jarohatlanganini ma’lum qilgan. Shunday qilib, 7 oktyabrdan beri 1100 dan ortiq odam mazkur mojaro oqibatida halok bo‘lgan.
Isroilda qurbon bo‘lganlar orasida kamida to‘rt nafar AQSH fuqarosi borligi taxmin qilinmoqda. Isroilning AQSHdagi elchisi 8 oktyabr kuni HAMAS tomonidan garovga olinganlar orasida amerikaliklar ham borligini aytgan, ammo raqamlarga aniqlik kiritmagan edi.
Shuningdek,HAMASning kutilmagan hujumi oqibatida o‘ldirilganlar orasida Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Nepal va Tailand fuqarolari ham bor. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 10 nafar nepallik halok bo‘lgan, to‘rt nafari yaralangan va hozirda shifoxonada. Ularning aksariyati talabalar edi.
Isroil janubida musiqa festivali o‘tayotgan joyda ham kamida 260 kishining jasadi topilgan.
Shuningdek, Livanning “Hizbulloh” terrorchilik guruhi HAMAS bilan birgalikda chegara yaqinidagi Isroil nishonlariga hujum qilganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Isroilda aholi yoppasiga oziq-ovqat jamlayotgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi