Mirziyoyev yana bir bor Falastin bo‘yicha pozitsiyasini ochiqladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Falastin mustaqil davlat barpo etish huquqiga ega degan qat’iy pozitsiyada sobit. Bu haqda mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayni damda poytaxt Toshkentda o‘tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitidagi nutqida so‘z ochdi. 

“Global tinchlik va xavfsizlikka jiddiy tahdid solayotgan Yaqin Sharqdagi Isroil-Falastin urushi barchamizda katta tashvish uyg‘otmoqda. Ming afsus, bu qonli nizo oqibatida avvalo tinch aholi vakillari, ayniqsa, ayollar, bolalar va keksalar ko‘proq qurbon bo‘lmoqda. Urushning mintaqa bo‘ylab yoyilib ketish xavfi tobora real tus olmoqda”, deydi Mirziyoyev. 

Uning qayd etishicha, qarama-qarshilikning keng ko‘lamli nizoga aylanib ketishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. 

“Biz tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga, tinchlik muzokaralarini boshlash, oqilona murosaga kelishga chaqiramiz”, deydi O‘zbekiston rahbari. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 2-3 noyabr kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tgan Turkiy Davlatlar Tashkilotining X sammitida ham mustaqil Falastin davlati barpo etilishini qo‘llab-quvvatlagan edi. Davlat rahbari galdagi chiqishida ham yana bir bor ushbu pozitsiyasini e’lon qildi:

“Falastin xalqi Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan huquqqa, ya’ni o‘zining mustaqil davlatini barpo etish huquqiga ega degan qat’iy pozitsiyamizni yana bir bor bildiramiz”. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Falastin Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Isroil-Falastin G'azo sektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing