Isroil dunyo bo‘ylab HAMAS yetakchilarini “ovlash”ni boshlaydi – WSJ 

Olam

image

Isroil razvedka xizmatlari G‘azodagi operatsiya yakunlanganidan so‘ng butun dunyo bo‘ylab HAMAS yetakchilarini kuzatib borish va yo‘q qilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Isroil rasmiylariga tayanib, “The Wall Street Journal” xabar berdi

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning yetakchi razvedka idoralari Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu buyrug‘iga ko‘ra Livan, Turkiya va poytaxtida 10 yildan beri tashkilotning siyosiy ofisi joylashgan Qatarda istiqomat qiluvchi HAMAS yetakchilarini qidirish bo‘yicha rejalar ishlab chiqqan. 

Gazeta suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, Isroil “dunyoning boshqa mamlakatlaridagi HAMAS yetakchilarini yo‘q qilish o‘rinlimi?” degan savol haqida emas, ular faqat “buni qayerda va qanday amalga oshirish mumkin”ligi haqida o‘ylay boshlagan.

Nashrning yozishicha, bu kampaniya Isroilning o‘nlab yillar davom etgan maxfiy operatsiyalarining davomi bo‘ladi. Aytilishicha, yahudiy davlati rasmiylari “diplomatik inqirozlarni keltirib chiqarmaslik uchun” Qatar, Livan, Eron, Rossiya va Turkiyada uzoq yillardan beri yashab kelgan HAMAS a’zolariga hujum qilmay kelgan.

WSJ manbalariga ko‘ra, Isroil va AQSH rasmiylari jangovar harakatlar muddatini qisqartirish uchun G‘azo sektoridan minglab HAMAS a’zolarini chiqarib yuborish g‘oyasini muhokama qilmoqda. Bu g‘oya 7 oktyabr voqealari kabi hujumning yana sodir bo‘lishining oldini olish uchun mojaro tugagach, anklavni kim boshqarishi borasidagi muzokaralarning bir qismi sifatida ko‘rilmoqda. Xususan, Saudiya Arabistoni va BAA ko‘magida anklavdagi yangi hukumat tomonidan nazorat qilinadigan “HAMASdan xoli xavfsiz hududlar” yaratish masalasi muhokama qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 1 dekabr kuni ertalab  Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektoriga hujumni qayta boshlagani aytilgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Isroil HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing