Isroil Damashqqa raketa hujumi uyushtirdi. Ayollar va bolalar halok bo‘ldi

Olam

image

Isroil bugun, 14 noyabr kuni Suriya poytaxti Damashq  shahriga raketa hujumi uyushtirdi. Oqibatda 15 nafar suriyalik, jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘ldi. Bu haqda SANA xabar berdi.

Qayd etilishicha, Isroilning Damashqning g‘arbiy hududlariga uyushtirgan raketa hujumi oqibatida kamida 15 nafar Suriya fuqarosi halok bo‘lgan, 16 kishi jarohatlangan. Mamlakat Qurolli kuchlari qo‘mondonligi vakiliga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor.

“Isroil mahalliy vaqt bilan 15:20 da Golan tepaliklari tomonidan tajovuzkor hujum uyushtirdi. Dushman raketalari poytaxtdagi Mezze prospektida va Damashq atrofidagi Qudsaya hududidagi bir qator turarjoy binolariga qarshi yo‘naltirildi va katta zarar yetkazdi”, deyiladi xabarda.

“Sky News Arabia” telekanaliga ko‘ra, Isroil samolyotlari Damashqda “Islomiy jihod” shtab-kvartirasiga hujum qilgan va to‘rt kishi halok bo‘lgan. Bildirilishicha, Isroilning bu operatsiyasidan maqsad “Islomiy jihod” yetakchisini yo‘q qilish bo‘lgan. 

“Al Hadath” telekanalining xabar berishicha, raketalar Damashq-Bayrut eski yo‘li yaqinidagi Qudsaya atrofidagi hududga ham yo‘naltirilgan. Ushbu zarba ham “Islomiy jihod” harbiy bazasini nishonga olgani taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Livanda “Hizbulloh” harakatining raketa qudratini yo‘q qilish maqsadida quruqlik operatsiyasining ikkinchi bosqichini boshlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing