Isroil “Hizbulloh”ning yangi rahbarini ham o‘ldirish bilan tahdid qildi

Olam

image

Avvalroq, Livandagi “Hizbulloh” harakati yangi rahbar sifatida Naim Qosimni saylagani xabar qilingan edi. Agar u harakat siyosatini o‘zgartirmasa, o‘z lavozimida uzoq vaqt qolmasligi mumkin. Bu haqda Isroil Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

Isroil “Hizbulloh”ning yangi saylangan yetakchisi Naim Qosim o‘zidan oldingi rahbarlar Hasan Nasrulloh va Hoshim Safi ad-Din yo‘lidan boradigan bo‘lsa, uning lavozimda qolish muddati bu tashkilot tarixidagi eng qisqalaridan biri bo‘lishi mumkinligi bilan tahdid qildi.

“Bu tashkilotni harbiy kuch sifatida yo‘q qilishdan boshqa yo‘l yo‘q”, deyiladi Isroil TIV bayonotida.

Ma’lumot uchun, 71 yoshli Qosim “Hizbulloh” ichida “ikkinchi raqam” deb atalgan. U 1980 yillar boshida guruhga asos solgan diniy ulamolardan biri hisoblanadi. Qosim Bayrut universitetini tamomlagan va asosan ta’lim masalalari bilan shug‘ullanib kelgan. 1991 yildan esa harakat rahbari o‘rinbosari lavozimida bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida “Hizbulloh” sobiq yetakchisi Hasan Nasrulloh Isroilning Bayrutning janubiy chekkasida uyushtirgan havo hujumida halok bo‘lgan edi. Oktyabr oyida esa Isroil Nasrullohning ehtimoliy vorisi Hoshim Safi ad-Din o‘ldirilganini ham tasdiqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

“Hizbulloh”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing