“Hizbulloh” Isroilga muddat berdi
Olam
−
17 fevral
7495Kecha, 16 fevral kuni Livanning “Hizbulloh” guruhi rahbari Naim Qosim Isroil qo‘shinlari Livan hududidan 18 fevral ya’ni belgilangan muddatgacha to‘liq chiqib ketishi kerakligi va Livan janubidagi biron-bir postda harbiy mavjudligini saqlab qolish uchun hech qanday bahona yo‘qligini aytdi. Bu haqda “Al Arabiya” xabar berdi.
Naim Qosimning aytishicha, noyabr oyida AQSH vositachiligida tuzilgan sulhga ko‘ra, Isroil qo‘shinlari Livan janubidan 60 kun ichida chiqib ketishi kerak. Keyinroq bu muddat 18 fevralgacha uzaytirilgan, biroq Isroil armiyasi Livan janubida qo‘shinlarini beshta postda qoldirishni so‘ragan.
“Isroil 18 fevralda butunlay chiqib ketishi kerak, unda hech qanday bahona, besh band yoki boshqa tafsilotlar yo‘q... bu kelishuv”, degan Naim Qosim.
Unga ko‘ra, 18 fevraldan keyin Isroilning Livan hududida qolishi bosqinchi kuch sifatida qabul qilinadi.
“Hamma ishg‘olga qanday munosabatda bo‘linishini biladi”, degan u.
Ma’lumot uchun, 2024 yil 27 noyabrda Isroil va Livan o‘rtasida AQSH vositachiligidagi kelishuv asosida o‘t ochishni to‘xtatish tartibi kuchga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinrov Oq uy Isroil va Livan o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish rejimi 18 fevralgacha uzaytirilganini e’lon qilgandi. Bayonotda, shuningdek, Livan, Isroil va AQSH hukumati 2023 yil 7 oktyabrdan keyin qo‘lga olingan livanlik mahbuslarni qaytarish bo‘yicha muzokaralarni boshlash niyatida ekani ta’kidlangan.
LiveBarchasi