Isroil “Hizbulloh”ga qarshi fosforli bombalardan foydalandi

Olam

image

Isroil armiyasi Livandagi “Hizbulloh” (terroristik tashkiloti)ning harbiy nuqtalariga hujum qildi. Bu haqda Isroil armiyasining rasmiy vakiliga tayanib, “Yedioth Ahronoth” gazetasi xabar berdi.

"Biz Livandagi "Hizbulloh"ning harbiy nishonlariga hujum qildik", degan harbiy xizmatchi.

Matbuot kotibi hujum haqida qo‘shimcha ma’lumot bermagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya tafsilotlari keyinroq ma’lum qilinadi.

Livanning NNA rasmiy axborot agentligining xabar berishicha, tun bo‘yi Isroil qo‘shinlari Livan janubidagi Ed-Duhayra shahriga, asosan, artilleriyadan zarba bergan. Isroil havo kuchlarining shahardagi ba’zi uylarga uyushtirgan hujumi oqibatida jarohatlanganlar borligi aytilmoqda.

"Hujumlardagi yangilik Ed-Duhayra shahrida tinch aholiga qarshi fosforli bombalardan foydalanishdir", deyiladi agentlik xabarda

Isroil armiyasining bayonotiga ko‘ra, Isroil harbiylari "mamlakatga kirishga uringan to‘rt nafar qurolli jangari"ni o‘ldirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 oktyabr kuni ham Isroil harbiy vertolyotlari Livan hududiga hujum uyushtirgan. 13 oktyabr kuni Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon Bayrutda “Hizbulloh” yetakchisi Shayx Hasan Nasrulloh bilan uchrashib, Falastin-Isroil mojaro zonasidagi vaziyatni muhokama qilgan. Aynan shu kuni Nasrullohning o‘rinbosari Nayim Qosim “Hizbulloh” jangchilari HAMASga qo‘shilib, Isroilga qarshi jangga kirishi mumkinligini aytdi. Ertasi kuni Isroil mudofaa kuchlari Livanning janubidagi “Hizbulloh” pozitsiyalariga yana zarba berdi. Xalqaro inson huquqlari tashkiloti Human Rights Watch Isroil Livan va G‘azo sektoriga qarshi harbiy amaliyotlar chog‘ida oq fosfor ishlatganini ma’lum qildi. Ziddiyatli to‘qnashuvlar fonida Livan janubidagi En-Nakura shahridagi BMT tinchlikparvar missiyasi qarorgohiga raketa kelib tushdi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Livan Hizbulloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing