Isroil HAMAS yetakchisi Sinvarning jasadini qaytarib bermaydi – “The Times of Israel”

Olam

image

Isroil G‘azo hududida o‘ldirilgan HAMAS harakati yetakchisi Yahyo Sinvarning jasadini qaytarib bermasligini qat’iyan ma’lum qildi. Bu haqda “The Times of Israel” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, avvalroq,  Saudiya Arabistonining “Al Hadath” telekanali HAMAS harakati Isroildan Yahyo Sinvarning jasadini qaytarishni talab qilgani haqida xabar tarqatgan. Manbada HAMAS jasadni G‘azodagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bitimning birinchi bosqichi doirasida qaytarib olishni xohlagani qayd etilgan. Bu xabarga javoban Isroil tomoni tegishli bayonot yuborib, Yahyo Sinvarning jasadini qaytarib bermasligini qat’iyan ma’lum qilgan.

“Isroil HAMAS harakatiga Sinvarning jasadini qaytarib bermaydi. Bu sodir bo‘lmaydi va nuqta”, deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, Yahyo Sinvar 2017 yildan boshlab G‘azo sektorida HAMASni boshqargan va 2024 yil 6 avgust kuni Ismoil Honiyaning Tehronda o‘ldirilishidan so‘ng butun harakat siyosiy byurosining raisi lavozimiga saylangan edi. 2024 yil 16 oktyabr kuni Sinvar G‘azoning janubida Isroil harbiylari tomonidan o‘ldirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil HAMAS Sinvar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing