Isroil HAMAS bilan kelishuv doirasida G‘azodan qo‘shinlarini olib chiqishi mumkin – OAV
Olam
−
30 yanvar
4773Isroil HAMAS bilan potensial kelishuv doirasida G‘azo sektorining asosiy shaharlaridan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishi mumkin. Bu haqda falastinlik manbaga tayanib, “Al Arabiya” telekanali xabar berdi.
“HAMAS va Isroil o‘rtasida garovga olinganlar va asirlarni almashish bo‘yicha yangi sulhning birinchi bosqichi tafsilotlari bo‘yicha kelishuv mavjud”, deydi telekanal manbasi.
Uning aytishicha, potensial kelishuv shartlariga ko‘ra, Isroil qo‘shinlarini G‘azo sektori shaharlaridan olib chiqib, chegara nuqtalariga joylashtiradi. Kelishuvga erishilsa, HAMAS yahudiy davlati qamoqxonalarida saqlanayotgan 30 nafar falastinlik evaziga har kuni bir isroillikni garovdan qo‘yib yuboradi.
Ta’kidlanishicha, bitimning uchinchi bosqichi HAMAS tomonidan asirga olingan isroillik zobitlarni ozod qilishni o‘z ichiga oladi. Telekanal suhbatdoshining bildirishicha, HAMAS G‘azo sektorining urushdan keyingi tuzilmasi bo‘yicha "ehtiyotkorlik bilan moslashuvchanlik" ko‘rsatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu HAMASning G‘azo sektorida janglarni to‘xtatish evaziga garovga olinganlarni qaytarish haqidagi taklifiga rozi bo‘lmagandi. Shundan so‘ng Isroil HAMASga G‘azo sektorida garovga olingan barcha odamlarni ozod qilish evaziga ikki oylik sulh taklif qildi. “Associated Press”ning misrlik yuqori martabali amaldorga tayanib, yozishicha, HAMAS ham Isroilning taklifini rad etgan.
Keyinchalik Misr rasmiylariga “The Wall Street Journal”ga HAMAS G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha yangi kelishuvni muhokama qilishni boshlashga tayyor ekanini aytdi.
LiveBarchasi