Ispaniyalik taniqli futbolchi joriy klubini tark etadigan bo‘ldi

Sport

image

“Sevilya”ning afsonaviy futbolchisi Xesus Navas mavsum yakunlanganidan so‘ng jamoani tark etadi. Bu haqda Andalusiya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar 38 yoshli ispaniyalikning 30 iyunda tugaydigan shartnomasini uzaytirmaydigan bo‘ldi.

Xesus Navas “Sevilya”ning klub safida o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha rekordchi (688), shuningdek, u o‘z jamoasi bilan eng ko‘p unvon qo‘lga kiritgan futbolchi (8 ta sovrin) hisoblanadi.

Navas 2003 yildan 2013 yilgacha “Sevilya”da o‘ynagan, shundan so‘ng “Manchester Siti”ga o‘tgan, keyin esa 2017 yilda yana Andalusiyaga qaytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sevil'ya Xesus Navas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made