Abdumalik Halokov Ispaniyada ringga ko‘tarildi
Sport
−
28 fevral
7385Professional boksning yarim yengil vazn toifasi vakili Abdumalik Halokov o‘zining navbatdagi jangida venesuelalik Marlembron Akunyadan ustun keldi.
Kecha, 27 fevral kuni Ispaniyaning Sevilya shahridagi “Centro Deportivo San Pablo” majmuasida professional boks oqshomi o‘tkazildi. Turnir doirasida yarim yengil vazn toifasidagi o‘zbekistonlik charm-qo‘lqop ustasi Abdumalik Halokov ham ringga ko‘tarildi. Halokov Venesuela vakili Marlembron Akunyaga qarshi bahs olib bordi. 6 raund etib belgilangan jang uchinchi raunddayoq yakuniga yetdi va Abdumalik Halokov raqibini texnik nokaut orqali muddatidan oldin taslim etdi.
Ma’lumot o‘rnida, bu 24 yoshli bokschi uchun professional boksdagi ikkinchi jangida qo‘lga kiritgan ikkinchi g‘alabaga aylandi. Akunya hisobida esa endi 13 g‘alaba, 12 mag‘lubiyat va 1 ta durang mavjud.
LiveBarchasi
Trenddagilar
