Ramos yana Messi bilan bir jamoada to‘p tepishi mumkin

Sport

image

Futbol bo‘yicha Amerika chempionatining ikki klubi “Sevilya”ning ispaniyalik himoyachisi Serxio Ramosga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda turkiyalik insayder Ekrem Konur o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “Los-Anjeles Gelaksi” va “Inter Mayami” jamoalari Ramos xizmatlariga befarq emas. Hozircha 38 yoshli himoyachining tanlovi ma’lum emas.

Ramos o‘tgan yozda “Sevilya”ga erkin agent sifatida qaytgan edi. Joriy mavsumda himoyachi andalusiyaliklar safida barcha turnirlarda 29 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining ispan klubi bilan shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 4 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Serxio Ramos Sevil'ya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing