“Biz o‘lamiz deb o‘ylagandik”. Ispaniyada futbolchilar bo‘lgan samolyot dvigatelida nosozlik kuzatildi
Sport
−
28 may
10834Bortida “Kadis” klubi futbolchilari bo‘lgan samolyot dvigatelidagi nosozlik tufayli Sevilyaga favqulodda qo‘ndi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Boeing 767 dvigatellaridan biridagi muammo samolyot kapitanini Sevilya shahriga favqulodda qo‘nishga majbur qilgan. Holat parvoz boshlanganidan 10 daqiqa o‘tgach sodir bo‘lgan.
“Kadis” futbolchilari va murabbiylar shtabi o‘rtoqlik o‘yini uchun Salvadorga uchib ketishayotgandi. Qayd etilishicha, qurbonlar yo‘q, ammo “Kadis” futbolchilari shok holatiga tushgan.
“Biz o‘lamiz deb o‘ylagandik”, deydi “Kadis” futbolchisi Aleks Fernandes.
Ma’lumot uchun, “Kadis” 2023/2024 yilgi mavsumni La Liga turnir jadvalida 18-o‘rinda yakunlagandi.
LiveBarchasi