Toşkentga uçgan samolyotda “hunar körsatgan” rossiyalik 7 sutkaga qamaldi (video)

3-sahifa

−

image

“Kuala-Lumpur – Toşkent” yönalişida uçgan samolyotda mast holda janjal kötargan Rossiya fuqarosi 7 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hujjatlariga köra, 1990 yilda tuğilgan V.K. joriy yilning 5 noyabr kuni HY-552 reysi bilan Toşkentga uçib kelayotganida tartibni buzgan. U parvoz davomida bir neça bor spirtli içimlik söragan. Biroq mast holatda bölgani sababli bortkuzatuvçi ayol unga içimlik berişni rad etgan.

Şundan söng, yölovçi bortkuzatuvçini haqorat qilgan, boşqa ekipaj a’zolari va yölovçilarning tinçligini buzgan.

Samolyot Toşkent xalqaro aeroportiga qöngaç, içki işlar xodimlari undan tinçlanib, samolyotdan tuşişni hamda tuşuntiriş beriş uçun ma’muriy binoga borişni talab qilgan. Biroq rossiyalik ularning qonuniy talablariga böysunmagan, haqoratli sözlar işlatişda davom etgan. Şuningdek, qöl yukini samolyot trapidan yerga uloqtirib, tepgan.

Sudda V.K. öz aybini tan olib, qilgan işidan afsusdaligini aytgan va bundan buyon bunday xatti-harakatga yöl qöymasligini bildirgan.

Sud qarori bilan u Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 194-moddasi 1-qismi (içki işlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik) böyiça aybdor deb topilgan. Unga mayda bezorilik uçun 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi hamda içki işlar xodimlarining talablariga böysunmagani uçun 440 ming söm jarima tayinlangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing