Levandovski Messining natijasini takrorladi

Sport

image

Polsha terma jamoasi va “Barselona” klubi hujumchisi Robert Levandovski La Liga doirasida bir mavsumda gol urish borasida Lionel Messining natijasini takrorladi.

Levanodovski Messidan keyin Ispaniya chempionati bir mavsumda dastlabki 22 o‘yinda 19 va undan ko‘proq gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi. Bungacha faqatgina argentinalik futbolchi 2019/20 yilgi mavsumda shunday natijaga erishgan.

10 fevralga o‘tar kechasi Ispaniya chempionatining 23-turida Kataloniya klubi “Sevilya”ga qarshi o‘yinda 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu bahsda polshalik hujumchi jamoasining dastlabki goliga mualliflik qildi.

Ma’lumot o‘rnida, Levandovski “Barselona” safiga 2022 yilda kelib qo‘shilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsum Robert barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 31 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. 36 yoshli futbolchining narxi “Transfermarkt” portalida 15 million yevroga baholangan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Sevil'ya Robert Levandovski Pol'sha terma jamoasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing