Ispaniyada reperni qo‘llab uyushtirilgan namoyish tartibsizlikka aylandi

Olam

image

Ispaniyaning Barselona muxtoriyatida reper Pablo Xazelyani qo‘llab-quvvatlab o‘tkazilayotgan namoyish tartibsizliklarga aylanib ketdi.

Kataloniya politsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, separatistlar va o‘ta so‘l “Xalq birligi nomzodlari” harakati (CUP-G), shuningdek, o‘ta so‘l kasaba uyushmalari hamda talabalar uyushmalari chaqiruvchiga ko‘ra uyushtirilgan namoyishlar vaqtida kamida10 kishi qo‘lga olingan.

Shahar markazida 4000 ga yaqin odam ishtirok etgan ruxsatsiz miting paytida tajovuzkor guruhlar do‘konlarni talon-toroj qilishgan, banklarga hujum qilib. Bitta politsiya mashinasini yoqib yuborishgan.

Ispan OAV ma’lumotiga ko‘ra, tartibsizliklar asosan La Rambla chorrahasi va Kataloniya maydonida sodir bo‘lgan. Politsiya namoyishchilarni tarqatayotganda bir necha kishi jarohat olgan.

O‘ta so‘l guruhlar reperning ozod etilishi bilan bir qatorda Kataloniyada hibsga olingan separatist siyosatchilarning ozod qilinishi, amaldagi mehnat qonunchiligiga o‘zgartirishlar kiritilishini, 2015 yilda qabul qilingan namoyishlar o‘tkazish huquqini cheklovchi “Fuqarolar xavfsizligini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni bekor qilinishini talab qilyapti.

Ma’lumot uchun, reper 16 fevral kuni hibsga olingan. U terrorizmni targ‘ib qilganligi hamda tivitlar va qo‘shiqlari orqali qirollik oilasi a’zolariga tuhmat qilishda ayblanib, 9 oyga qamaldi.

Reperning qamalishi Ispaniyada demokratiya va so‘z erkinligini shubha ostida qoldirdi. Namoyishlar boshlanganidan beri Kataloniyada 120 dan ortiq odam hibsga olindi.


Maqola muallifi

Teglar

namoyish

Baholaganlar

22

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing