Ispaniya Ukrainaga 6 ta Leopard tankini yetkazib berishni rejalashtirmoqda

Olam

image

Ispaniya rasmiylari ta’mirlangan 4-6 ta Leopard 2A4 tanklarini Ukrainaga jo‘natishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 1 fevral kuni “El Pais” gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yakuniy qaror Saragosada taxminan 10 yil davomida saqlangan 53 ta jangovar texnikaning holatiga qarab qabul qilinadi. Hozir Ispaniya Mudofaa vazirligi tanklarni zudlik bilan tiklash bo‘yicha ish olib bormoqda. 

Shuningdek, Germaniya “birinchi qadam sifatida” 14 ta, Kanada esa to‘rtta tankni Ukrainga topshirishini e’lon qilgan.

Leopard tanklarinining har birini ta’mirlash uchun yarim million yevrodan ortiq mablag‘ sarflanishi mumkin. Tanklarni qayta tiklashning taxminiy muddati - ikki yarim oyni tashkil etishi kutilmoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, Ukraina tankerlarini tayyorlash uchun ishlab chiqilgan kurs Saragosadagi Milliy o‘quv markazida bo‘lib o‘tadi. Mudofaa vazirligi Kiyevga Leopard uchun ehtiyot qismlar to‘plamini ham yetkazib berishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Ispaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing