Ispaniya Superkubogi bahslari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

Sport

image

Avvalroq futbol bo‘yicha Ispaniya Superkubogining final bosqichi Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tkazilishi ma’lum bo‘lgandi. Bugun, 5 noyabr kuni Ispaniya futbol federatsiyasi superkubok bahslarining qaysi sanalarda o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, “Real”, “Barselona”, “Valensiya” va “Betis” klublari qatnashadigan kichik turnir 2023 yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tadi. Musobaqa formatiga ko‘ra jamoalar yarim final va final o‘yinlarida qatnashishadi. 

Yarim finalda amaldagi Ispaniya chempioni Madridning “Real” klubi “Valensiya” bilan to‘qnash kelsa, Kataloniyaning “Barselona” jamoasi “Betis” bilan bahs olib boradi. O‘yinlar 11 va 12 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. Final to‘qnashuvi esa 15 yanvar kuniga rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, so‘nggi Ispaniya Superkubogi o‘yinlariga ham Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Ispaniya

Baholaganlar

25

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing