Islomdagi birinchi masjid o‘n baravar kengaytiriladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Saudiya Arabistonining Madina shahridagi Qubo masjidi 10 baravar kattalashtiriladi. Bu haqda Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon ma’lum qildi, deya xabar berdi SPA.

Loyiha masjid maydonini 50 000 kvadrat metrga kengaytirishni nazarda tutadi. Bu esa uning amaldagi maydonidan 10 baravar ortiq. Loyiha yakunlangach, masjid 66 000 ming namozxonni sig‘dira oladi.

Loyihaga Saudiya qiroli Salmon ibn Abdul Aziz Al-Saud nomi berilgan.

Ma’lumot uchun, Qubo Islom tarixida birinchi qurilgan masjid hisoblanadi. Uni Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) milodiy 622 yilda (hijriy 1 yilda) barpo etgan.

Masjid yillar davomida bir necha marta ta’mirlangan va kengaytirilgan. 1829 yilda Usmoniylar sultoni Mahmud II Qubo masjidini to‘liq qaytadan qurishni buyurgan.

Oxirgi ta’mirlash 1986 yilda bo‘lib o‘tdi. Yangi masjid loyihasi misrlik me’mor Abdel Vohid al-Vakil va uning shtutgartlik hamkasbi, nemis me’mori Otto Freyning shogirdi Mahmud Bodo Rash tomonidan ishlab chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

masjid

Baholaganlar

614

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing