Islom Maxachev bilan jang bir raunddan o‘tmaydi – Charlz Oliveyra
Sport
−
27 avgust 2022
16973Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni braziliyalik Charlz Oliveyra rossiyalik Islom Maxachev bilan jangda 1-raundning o‘zidayoq g‘alaba qozonishini aytdi. Bu haqda “Ag.Fight” nashri xabar berdi.
Shuningdek, braziliyalik jangchi uning jamoasi Maxachevga qarshi jang uchun strategiya ishlab chiqayotganini qo‘shimcha qildi.
“Albatta, u meni yiqitishga harakat qiladi. Ya’ni, oyoqlari orqali emas, balki sonlari orqali bu ishni amalga oshirishga urinadi. Maxachev meni yerga olib, oyoqlarimni tekislashga harakat qiladi. U meni bo‘ysundirish uchun o‘z yo‘lidan chiqmaydi, tezroq meni charchatishga harakat qiladi. Lekin Maxachev nimani ko‘rsatishi menga qiziq emas. Men, Charlz nima berishi mumkinligidan xavotirdaman. Ishonchim komilki, jang birinchi raunddan nariga o‘tmaydi. Mening jamoam jang strategiyasi ustida ishlamoqda va men doimo oldinga intilaman. Mening qo‘llarimda olovdek kuchi bor”, degan Oliveyra.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tgan UFC 274 musobaqasidagi so‘nggi jangi oldidan Oliveyra ortiqcha vazn muammosiga duch keldi va shu sababdan chempionlik unvonidan mahrum qilindi. Uning raqibi amerikalik Jastin Getji vazn limitini bajargan bo‘lsa-da, Oliveyrani mag‘lub qila olmadi. Shu sababli chempionlik kamari vakant qolgandi.
Maxachev esa uzoq davom etgan g‘alabali seriyadan so‘ng, chempionlik unvoniga da’vogar pozitsiyasiga ko‘tarildi. UFC Fight Night 202 turniridagi so‘nggi jangida Islom amerikalik Bobbi Grinni birinchi raunddayoq texnik nokaut bilan mag‘lub etgandi. Islom va Charlz o‘rtasidagi jang shu yilning 22 oktyabr kuni UFC 280 turniri doirasida Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadi.