Islom birdamligi  o‘yinlari: O‘zbekiston medallar soni bo‘yicha kuchli uchlikda bormoqda

Sport

image

Ayni kunlarda Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi  o‘yinlari davom etmoqda. Musobaqaning ortda qolgan kunlari davomida, mezbonlar , Turkiya terma jamoasi medallar jamg‘arish borasida yaqqol yetakchilik qilmoqda. Hozircha, turklar umumiy hisobida 208 ta medal jamg‘argan bo‘lib, shulardan 79 tasi oltin, 73 tasi kumush va 56 tasi bronza medallaridir.

Ikkinchi o‘rinni Eron Islom Respublikasi vakillari egallab turibdi. Forslar hammasi bo‘lib, 96 ta medal jamg‘argan. Eronliklar umumiy hisobida 33 ta oltin, 25 ta kumush va 38 ta bronza medali sohibiga aylangan.

Islom birdamligi o‘yinlarida medallar jamg‘arish bo‘yicha uchinchi eng yaxshi ko‘rsatkich hozircha O‘zbekiston delegatsiyasiga tegishli. O‘zbekistonlik sportchilar musobaqaning  ortda qolgan 9 kuni davomida 87 ta medal qo‘lga kiritgan. O‘zbekiston hisobida 27 ta oltin, 24 ta kumush va 36 ta bronza medallari bor.

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston delegatsiyasiga eng ko‘p medalni og‘ir atletikachilar keltirgan. Atletlar 5 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medallarini yutdi. Shuningdek, o‘zbekistonlik kurashchilar ham har doimgidek faol harakat qilmoqda. Ular umumiy hisobda O‘zbekiston jamoasi hisobiga 18 ta medal qo‘shib qo‘ygan.

Avvalroq, o‘zbekistonlik sportchilar Islom birdamligi o‘yinlarining bir kunida 7 ta oltin medal qo‘lga kiritgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, Islom birdamligi o‘yinlari 18 avgustga qadar davom etishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Islom birdamligi  o'yinlari Kon'ya

Baholaganlar

59

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing