Islom birdamligi o‘yinlari: o‘zbekistonliklar 1 kunda 7 ta oltin medalni yutdi

Sport

image

Joriy yilning 5 avgustida Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi  o‘yinlariga start berildi.

Kecha, 11 avgust kuniga belgilangan dasturlar doirasida o‘zbekistonlik sportchilar 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Oltin medal yutgan sportchilar:

1. Olga Zabelinskaya (velosport),

2. Suhrob Xo‘jayev (yengil atletika (bosqon uloqtirish),

3. Jahongirmirza Turopov (erkin kurash),

4. Omadbek Hasanov (yengil atletika (klassida balandlikka sakrash),

5. Shuhrat Salayev (taekvondo),

6. Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash)

7. Sharifa Davronova (yengil atletika (uch xatlab sakrash).

Qayd etish kerakki, Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan yoshlar ortasidagi jahon chempionati g‘olibi Sharifa Davronova 14,30 metr natija bilan ikkinchi pog‘onani egallagan. Ammo 14,41 metrlik natija bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Tug‘ba Danishmas startdagi qizil chiziqni bosish orqali qoidalarni buzgan.

O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi murabbiylar shtabi mazkur holat yuzasidan o‘z vaqtida hakamlar qo‘mitasiga raddiya berdi. Musobaqalar yakunida ushbu holat ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqildi. Yakunda sportchi texnik xatolikka yo‘l qo‘ygani, ya’ni qizil chiziqni kesib o‘tgani tasvirni qayta ko‘rish orqali aniqlandi va Turkiya terma jamoasi a’zosining 14,41 metrlik natijasi bekor qilindi. Natijada samarqandlik Sharifa Davronova kumush emas oltin medal bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, Islom birdamligi o‘yinlari 18 avgustga qadar davom etishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Islom birdamligi  o'yinlari

Baholaganlar

516

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing