Islom birdamligi  o‘yinlari: Tursunoy Jabborova chempion bo‘ldi

Sport

image

Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi o‘yinlari davom etmoqda. Bugun, 15 avgust kuni o‘zbekistonlik og‘ir  atletikachi Tursunoy Jabborova (-87 kg vazn toifasida) musobaqaning chempioniga aylandi. 

Qayd etish joizki, Jabbarova dast ko‘tarishda 109 kg, siltab ko‘tarishda 126 kg toshni bo‘ysundirgan. Ikki kurash natijasiga ko‘ra, Tursunoy 235 kg natija ko‘rsatgan. Shu orqali Tursunoy Jabborova barcha yo‘nalishlarda oltin medallarni o‘ziniki qilgan.

Shuningdek, 15 avgust kuni Sharofiddin Amriddinov (-102 kg), Ruslan Nuriddinov (-109 kg), Akbar Jo‘rayev (+109 kg) kabi O‘zbekistonning yetakchi og‘ir atletikachilari Islom birdamligi o‘yinlaridagi o‘z ishtirokini boshlaydi.

Avvalroq, O‘zbekiston delegatsiyasi Islom birdamligi o‘yinlarida medallar jamg‘arish borasida uchinchi o‘rinni egallab turgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, Islom birdamligi o‘yinlari 18 avgustga qadar davom etishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Islom birdamligi  o'yinlari Tursunoy Jabborova

Baholaganlar

118

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing