Ruslan Nuriddinov Islom birdamligi o‘yinlari rekordini o‘rnatdi
Sport
−
15 avgust 2022
13007Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi o‘yinlari davom etmoqda. Bugun, 15 avgust kuni o‘zbekistonlik mashhur og‘ir atletikachi Ruslan Nuriddinov bahslarga kirishdi va mutloq chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Qayd etish kerakki, Ruslan Nuriddinov Islom birdamligi o‘yinlarida -109 kg vazn toifasida ishtirok etgan. Nurudinov dast ko‘tarishda 187 kg, siltab ko‘tarishda 230 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi va ikki kurash yakuni bo‘yicha 417 kg natija bilan mutloq chempionlikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, o‘zbekistonlik atletning qayd etgan natijasi Islom birdamligi o‘yinlarining rekordi sifatida tarixga kirdi.
Avvalroq, musobaqada -87 kg vazn toifasida ishtirok etgan Tursunoy Jabborova ham Islom birdamligi o‘yinlarining mutloq chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
Ma’lumot uchun, Islom birdamligi o‘yinlari 18 avgustga qadar davom etadi. Hozircha, O‘zbekiston delegatsiyasi medallar jamg‘arish borasida Turkiya va Eron mamlakatlaridan ortda qolmoqda, xolos.
LiveBarchasi