O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar JCHni 3-o‘rinda yakunladi

Sport

image

Bahrayn poytaxti Manama shahrida o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionati bahslari nihoyasiga yetdi va o‘zbekistonlik sportchilar musobaqada jami 6 ta medalni qo‘lga kiritdi.

70 ga yaqin mamlakatdan sportchilar qatnashgan Jahon chempionatida O‘zbekiston jamoasi  3 ta oltin, 1 ta kumush hamda 2 ta bronza medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

-109 kg vaznda ishtirok etgan Ruslan Nuriddinov va Sharofiddin Amriddinov jami 3 ta oltin medalni jamoa hisobiga qo‘shib qo‘ydi.

 -89 kg vazn toifasida Sarvarbek Zafarjonov dast ko‘tarishda bronza , -81 kg vaznda Muhammadqodir Toshtemirov dast ko‘tarishda bronza va ikkikurashda kumush medalga sazovor bo‘ldi. 

Qayd etish joiz, Ruslan Nuriddinov musobaqada 3 karra jahon chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi va siltab ko‘tarish dasturida 242 kg bilan 3 yil avval Toshkentda o‘zi o‘rnatgan jahon rekordini yangiladi.


Maqola muallifi

Teglar

og'ir atletika Jahon chempionati Ruslan Nuriddinov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing