Maxachev yo‘lida uchragan barchani yo‘q qiladi – Habib

Sport

image

Yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Habib Nurmuhamedov jamoadoshi va yaqin do‘sti Islom Maxachevga bugun, 30 oktyabr kuni UFC 267 turniridan o‘rin olgan Den Xukerga qarshi jangdan so‘ng, nima qilish kerakligi to‘g‘risida maslahat berdi.

“U Den Xukerni mag‘lub etgach, Dana Uaytga murojaat qilishi kerak va shu bilan butun hayoti o‘zgarib ketadi. UFC chempionligini qo‘lga kiritish imkoniyatini qo‘lga kiritganimda, men to‘g‘ridan-to‘g‘ri oktagonning ustiga chiqdim, Danaga ahmoqona shartnomalar yubormasligini va haqiqiy janglar kerakligini aytdim. Islam ham shunday qilishi kerak, chunki yengil vaznda yana kim ketma-ket to‘qqizta jangda g‘alaba qozona oldi? Faqat chempion Charlz Oliveyra. Boshqalarchi? Birinchi raqamli Dastin Poreni ikki yil avval mag‘lub etganman. Maxachev esa 2015 yildan beri yutqazmadi va yo‘lida uchragan barchani yo‘q qiladi”, deydi Habib.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida Moskvada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Habib Nurmuhamedov Afg‘onistonda ro‘y bergan siyosiy vaziyat haqidagi savolga javob berishdan bosh tortgan va bu mamlakat bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini aytganidan so‘ng, muxlislari tomonidan tanqid ostiga olingandi. Shundan so‘ng, sportchi ulardan uzr so‘rab, bu holatni siyosatga aralashishdan o‘zini olib qochgani, aslida afg‘onlar bilan yaxshi munosabatda ekani bilan izohlagandi.

Ma’lumot uchun, Habib faoliyati davomida 29 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. U Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng, 2020 yilning oktyabr oyida MMA’dagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi. Habib onasiga birinchi murabbiyi va otasi Abdulmanap Nurmuhamedov vafotidan keyin boshqa jang qilmaslikka va’da berganini ta’kidlagan. Shundan so‘ng, UFC prezidenti Dana Uayt bir necha bor uni oktagonga qaytishga ko‘ndirmoqchi bo‘ldi, lekin barcha takliflar rad etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov Dana Uayt Islam Maxachev UFS

Baholaganlar

324

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing