Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar nafaqa to‘lanadi
Jamiyat
−
13:45 1606 1 daqiqa
Endi O‘zbekistonda ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi. Bu haqda bugun, 3 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, mehnatga layoqatsiz ehtiyojmand oilalarga “passiv daromad” keltiradigan ijtimoiy paket uchun joriy yil 300 milliard so‘m ajratilgan.
Bunday yordam olgan 11 ming oilaning yarmida daromad sezilarli oshgani qayd etilgan.
Bir haftada ushbu tizimni davom ettirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirilgan.
“Kelasi yildan reyestrga kirgan oila farzandlarining davlat va xususiy bog‘cha badali, o‘quv markazi to‘lovi, yo‘lkirasi hamda oliygohdagi yotoqxona xarajati vaucher orqali qoplab beriladi”, deydi davlat rahbari.
Vaucher 12 oy muddatga beriladi va ehtiyojmand oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganidan keyin ham amal qiladi.
Live
Barchasi