70 yoshli ona asrab olgan qizini maymunga almashtirdi

Olam

image

Joriy yilning 3 sentyabr kuni AQSHning Missuri shtatida 70 yoshli ayol asrab olingan bolaning hayotini xavf ostida qoldirgani uchun sud qilindi. U qizni maymunga almashtirgan. Bu haqda “People” xabar berdi.

Qayl etilishicha, Linkoln okrugi sudyasi ayolga 7 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi, biroq jazo ijrosini darhol bekor qilib, uni uch yillik sinov muddati bilan almashtirgan. Sobiq vasiy ayol 17 yoshli qizni Texas shtatidagi tanishlarinikiga antisanitariya sharoitida yashash uchun yuborganlikda aybdor deb topilgan. O‘smir evaziga ayol ekzotik maymunni qabul qilib olgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari ma’lumotlariga ko‘ra, qiz Texasdagi xonadonda vahshiy hayvonlar bilan birga ushlab turilgan va ularni parvarish qilishga majburlangan. Maktab xavfsizlik xizmati va ijtimoiy xizmatlar bolaning mashg‘ulotlarga uzoq vaqt qatnashmaganidan so‘ng vaziyatga aralashgan. Brendi Doychning o‘zi umri davomida ikki yuzdan ortiq bolani tarbiyalab o‘stirgan, biroq sudya uning vasiylik litsenziyasini bekor qilgan. 

Qayd etilishicha, tergov bilan tuzilgan sud kelishuvi doirasida bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lish bo‘yicha qo‘shimcha ayblovlar olib tashlangan. Sudlanuvchining o‘z tug‘ishgan qizi hukmning yumshoqligidan shokda ekanini va ijtimoiy himoya tizimi butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ta’kidlagan. Asrab olingan qiz hozirda Texas ijtimoiy xizmatlari vasiyligida va normal hayotga qaytishga harakat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda 36 yoshli ota 9 yoshli qizini jazolash maqsadida qiynab, unga tezak olib kelishini buyurgandi hamda og‘ziga majburlab hayvon tezagini solgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing