Saida Rametova og‘ir judolikka uchradi
Madaniyat-san’at
−
15:22 9654 1 daqiqa
O‘zbek kinosi va teatrining taniqli vakili, O‘zbekiston xalq artisti Saida Rametovaning onasi 90 yoshida vafot etdi. Bu haqda aktrisa o‘zining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Zahroxon ona Soliyeva 90 yoshida olamdan ko‘z yumgan.
O‘zbek Milliy akademik drama teatri jamoasi Saida Rametova hamda uning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.
QALAMPIR.UZ marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 iyul kuni O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning akasi Abdurazzoq Oripov vafot etgan edi.
Live
Barchasi