ISHID a’zosi qo‘lga olindi. U portlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lgan

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) Tver viloyatidagi yoqilg‘i-energetika majmuasida terakt tayyorlanishining oldini oldi. Bu haqda FSB Jamoatchilik bilan aloqalar markaziga asoslanib xabar berildi.  

"Federal xavfsizlik xizmati Tver viloyatidagi yoqilg‘i-energetika majmuasi ob’ektlaridan birida ISHID xalqaro terroristik tashkiloti a’zosi tomonidan rejalashtirilgan terroristik harakatni tayyorlashning oldini oldi", deyilgan xabarda. 

Qayd etilishicha, hibsga olish paytida huquqbuzar qurolli qarshilik ko‘rsatgan va Rossiya FSBning maxsus bo‘linmalari tomonidan javob o‘qi bilan zararsizlantirilgan. Xavfsizlik xodimlari va tinch aholi jabrlanmagan. 

Razvedka xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, terakt tayyorlayotgan shaxs Rossiya fuqarosi bo‘lib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi Respublikalardan birida tug‘ilgan. U terroristik tuzilmalar rahbarlarining ko‘rsatmalariga binoan qo‘lbola portlovchi moslama yasash uchun qurol va tarkibiy qismlarga ega bo‘lgan. 

U yashash joyida portlovchi moddalarni sintez qilish laboratoriyasini jihozlagan. 

Hodisa sodir bo‘lgan joyda undan qurol va o‘q-dorilar, foydalanishga tayyor qo‘lbola portlovchi moslama hamda uni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlar olib qo‘yilgan. 

Terroristik harakatga tayyorgarlik ko‘rish faktlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya terakt

Baholaganlar

383

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing