iPhone 15 yaxshi ishlamayapti – Pavel Durov
Texnologiya
−
30 Sentabr 2023
9034Uzoq kutilgan, katta shov-shuv va janjallarga sabab bo‘lgan yangi iPhone 15 ba’zi quvvat banklariga ulaganda to‘g‘ri ishlamayapti. Bu haqda Telegram asoschisi Pavel Durov xabar berdi.
Xabarda bildirilishicha, smartfonning zaryadlash bilan bog‘liq muammolari haqida foydalanuvchilardan shikoyatlar kelib tushmoqda. iPhone 15 quvvatlash banklariga ulanganda smartfon shunchaki quvvatlanmayapti, yoki aksincha energiyani tashqi batareyalarga uzatmoqda.
Shunday muammoli “poverbank”lardan biri taniqli quvvat saqlash qurilmalari ishlab chiqaruvchisi “Anker” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Kompaniya vakillari iPhone 15 ni tashqi akkumulyatordan quvvatlantirishning yagona yo‘li USB Type-A ulagichidan foydalanish ekanligini ma’lum qildi.
“Kompaniya bu masalani o‘rganishga va agar o‘z vakolatlari doirasida bo‘lsa, muammoni hal qilishga va’da berdi. Ammo nuqsonni bartaraf etish uchun Apple'dan tegishli o‘zgartirishlar talab qilinishi mumkin”, deb yozilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 22 sentabr kuni savdosi boshlangan iPhone 15 Pro Max`ni sotib olish uchun navbatda turgan odamlar o‘rtasida Birlashgan Arab Amirliklaridagi Emirates Mall savdo markazida janjal sodir bo‘lgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr