Yangi iPhone vasvasasi. Dubayda iPhone 15 xaridi uchun navbatda turganlar janjallashdi (video)
Olam
−
22 Sentabr 2023
8572Birlashgan Arab Amirliklaridagi Emirates Mall savdo markazida iPhone 15 Pro Max sotib olish uchun navbatda turgan odamlar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi. Mazkur holat aks etgan tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
Kadrlardan shuni ko‘rish mumkinki, kunning birinchi yarmida savdo markazida yangi smartfonni birinchilardan bo‘lib sotib olish maqsadida bo‘lgan odamlar to‘plana boshlagan. Kechga yaqin esa yuzlab haridor Apple Store do‘konlari oldida katta navbatlarni hosil qilgan.
“Har yili Apple smartfonining yangi gadjeti chiqarilishi butun dunyo bo‘ylab muxlislar orasida haqiqiy isteriyani keltirib chiqaradi. Ammo bu safar iPhone 15 sotuvi boshlanishidan oldin, Dubayda haqiqiy jinnilik yuz berdi”, deb yozadi Telegram'dagi TOPOR kanali.
Ma’lum qilinishicha, ayrim odamlar sotuv boshlanishini 28 soatdan ortiq kutgan, shu bois ular olamon ichidagi o‘rnini saqlab qolish uchun janjal ko‘tarishga majbur bo‘lgan. Soqchilar ularni tinchlantirish uchun jonli devor, turli to‘siqlar va baland ovoz tarqatuvchi moslamardan foydalangan. Ayrim holatlarda esa kuch ishlatishga ham majbur bo‘lgan.
Guvohlarning xabar berishicha, qo‘riqchilarning xatti-harakatlari natija bergan, biroq keyinchalik olamon bir nechta zonalarda to‘plana boshlagan. Ko‘pchilik smartfonini oldindan bron qilib, ertasi kuni qaytib kelish umidida markazni tark etgan. Qolganlar esa telefonni birinchilardan bo‘lib olish uchun tun bo‘yi kutishga tayyorligini bildirgan.
Avvalroq, iPhone 15 Pro narxi 999 dollardan boshlanishi e’lon qilingandi.
Tadqiqotga ko‘ra, Apple kompaniyasining yangi smartfonini sotib olish uchun turkiyaliklar 124 kun ishlashi lozim bo‘ladi. Filippin aholisi bunga 80 kunlik, braziliyaliklar esa 67 kunlik maoshini sarflashiga to‘g‘ri keladi. Rossiyada bu ko‘rsatkich 47 kunga yaqin. Xitoy aholisi 24 kun mehnat qilishi lozim.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr