Sobiq vazirning poverbanki samolyot bortida portlab ketdi (video)
Olam
−
18:33 1562 1 daqiqa
Niderlandiyaning sobiq transport vaziri hamda KLM aviakompaniyasining sobiq rahbari Kamil Eyrlingsning portativ akkumulyatori Amsterdamdan Kyurasaoga parvoz qilayotgan yo‘lovchi samolyoti bortida yonib ketdi. Bu haqda bugun, 19 sentyabr kuni “RTL Nieuws” telekanali xabar berdi.
“KLM kompaniyasi samolyoti bortida KLM sobiq prezidenti va bosh direktori Kamil Eyrlingsga tegishli portativ akkumulyator yonib ketdi”, deyiladi xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, Eyrlings yengil jarohat olgan. U parvoz vaqtida poverbankni quvvatlashga qo‘ygan, vaholanki KLM qoidalari bortda portativ akkumulyatorlarni quvvatlashni taqiqlaydi. Hodisadan so‘ng Amsterdamdan Kyurasao oroliga reys bajarayotgan Boeing ortiga qaytarilgan.
Eyrlingsning yonida o‘tirgan guvoh “RTL Nieuws” telekanaliga “to‘satdan qarsillagan ovoz eshitilganini”, shundan so‘ng darhol yong‘in chiqib, o‘rindiq tepasida katta alanga paydo bo‘lganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hamma qattiq sarosimaga tushgan, biroq bort kuzatuvchilari tezda yo‘lovchilarni tinchlantirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronda Sepehran Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 rusumli samolyoti havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay uning shinalaridan biri yorilib ketgandi.
Live
Barchasi