Interpol qidirayotgan o‘zbekistonliklar BAAda ushlandi
3-sahifa
−
04 Sentabr 11308 1 daqiqa
Interpol kanallari orqali qidiruvda bo‘lgan fuqarolar Birlashgan Arab Amirliklaridan O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent va Abu-Dabi Interpol Milliy markaziy byurolari xodimlarining hamkorligi natijasida og‘ir jinoyatlar sodir etganlikda ayblanayotgan hamda xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki fuqaro Birlashgan Arab Amirliklaridan O‘zbekistonga topshirilgan.
Qayd etilishicha, olib kelingan shaxslar O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan mamlakat hududida sodir etilgan iqtisodiy va mulkiy jinoyatlarga oid ayblovlar bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan.
“Endi ular jinoiy javobgarlikka tortilish uchun sud oldida javob beradi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda firibgarlik jinoyatida ayblanib qidiruvda bo‘lgan bir necha shaxslar qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilingandi.
Live
Barchasi