Interpol boshqa qit’aga qochgan o‘zbekistonlikni qo‘lga oldi

3-sahifa

image

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari katta miqdorda firibgarlik sodir etgan jinoyatchini Nikaraguadan Toshkentga olib keldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, firibgarni olib kelishda juda ko‘p mamlakatlarning xizmatlari jalb qilingan, chunki jinoyatchining izi uzoq Markaziy Amerikada yo‘qolgan. Gumonlanuvchi boshqa qit’ada yashirinib, yana jinoiy faoliyat – noqonuniy migratsiya, xorijiy fuqarolarni Lotin Amerikasi davlatlari orqali AQSHga o‘tkazish bilan shug‘ullangan.

“Biroq barcha jalb qilingan xizmatlarni birlashtirish va hamkorlikdagi sa’y-harakatlar tufayli gumondor qo‘lga olindi. Tezkorlik bilan ma’lumot almashish natijasida firibgarni sudga tortish va munosib jazo belgilash uchun O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish va o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq diniy ekstremistik tashkilotlarda ishtirok etgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik gumonlanuvchi birinchi marta Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Interpol Nikaragua

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing