Madad Invest Bank asoschisi xalqaro qidiruvga berildi

3-sahifa

image

Farg‘onalik tadbirkor, Madad Invest Bank’ning sobiq yirik aksiyadori va kuzatuv kengashi raisi Muminjon Yo‘ldoshev O‘zbekiston so‘roviga asosan Interpol orqali xalqaro qidiruvga berildi. Bu haqdagi e’lon Interpol saytida paydo bo‘ldi.

Qayd etilishicha, tadbirkor O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan ayblanmoqda.

Interpol ma’lumotlariga ko‘ra, Yo‘ldoshev 1976 yil 18 fevral kuni Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Uning bo‘yi 1,75 metr, vazni 95 kilogramm, ko‘zlari moviy ekani qayd etilgan.

Muminjon Yo‘ldoshev qurilish va to‘qimachilik sohalaridagi qator bizneslarga egalik qilgan. U Madad Invest Bank’da yirik aksiyador bo‘lish bilan birga, bank kuzatuv kengashiga ham rahbarlik qilgan.

Ma’lumot uchun, Interpolning qizil bildirishnomasi shaxsni xalqaro miqyosda aniqlash va hibsga olish maqsadida davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yuboriladigan so‘rov hisoblanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing