Internetda tarqalgan Ukraina haqidagi maxfiy hujjatlar qalbaki bo‘lishi mumkin
Olam
−
10 aprel 2023
8548Ijtimoiy tarmoqlarda Ukraina Qurolli Kuchlari holati hamda AQSH va NATOning ularni kuchaytirish rejalari to‘g‘risida tarqalgan hujjatlar soxta bo‘lishi mumkin. Bu haqda ismlari oshkor etilmagan ikki amerikalik amaldorga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Nashr manbalari Ukraina bo‘yicha oshkor qilingan maxfiy hujjatlar qalbakilashtirilganini tan olgan. Ularning fikricha, qog‘ozlar tergovchilarni ma’lumotlarning kelib chiqishi bo‘yicha chalg‘itish yoki Vashington manfaatlariga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan yolg‘on axborotni tarqatish uchun soxtalashtirilgan bo‘lishi mumkin. Qayd etilishicha, hujjatlarning haqiqiyligini mustaqil tekshirish hali o‘tkazilmagan.
“Ukraina, Xitoy, Yaqin Sharq va Afrikadagi urush bilan bog‘liq hujjatlarda keltirilgan mavzularning dolzarbligi, ular ittifoqdoshlardan emas, balki amerikaliklar tomonidan tarqatilganini ko‘rsatadi”, deydi “Reuters” manbalari.
Mulozimlardan birining so‘zlariga ko‘ra, tergovchilar maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishning to‘rt-besh sababini qidirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning Pentagon 7 aprel kuni birinchi marta Ukrainadagi mojaroga oid maxfiy hujjatlarni oshkor qildi. Mart oyi boshida oshkor etilgan fayllarda AQSH va NATOning Ukraina armiyasini kuchaytirish rejalari haqidagi ma’lumotlar mavjud.
8 aprel kuni tarmoqda yana yuzga yaqin Amerika maxfiy ma’lumotlari paydo bo‘ldi. Ularda Ukraina, Amerikaning Yaqin Sharqdagi milliy xavfsizligi va Xitoyga tegishli axborotlar qayd etilgan.
LiveBarchasi