Internetda Asalhoney nomi bilan mashhur ayolni uyida urib, skotchlab ketishdi
Jamiyat
−
08 may 2020
68108Instagram tarmog‘ida Asalhoney ismi bilan tanilgan fuqaro A.X. uyidan tanasi skochlangan holda topilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, joriy yilning 5 may kuni soat 20:15 larda Mirzo Ulug‘bek tumani, 2-sonli IIBning navbatchilik qismiga fuqaro D.P. murojaat qilib, Mirzo Ulug‘bek tumani, S-1 mavzesida yashovchi A.X. xonadonidan shubhali shovqin-suronli ovozlar eshitilayotganligi haqida xabar bergan.
Yuqoridagi holat yuzasidan zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan Toshkent shahar IIBB PPX brigadasi 1-batalon, 1-otryadi xodimlari safdorlar Sh.Toxirov va S.Komolovlar jabrlangan fuqaro yashovchi uyning kirish-chiqish yo‘lagidan yugurib chiqib, xodimlarni ko‘rib voqea joyidan yashirinishga harakat qilgan shaxsni ushlaganlar.
Tuman 2-sonli IIB Jinoyat qidiruv bo‘limida uning shaxsiga oydinlik kiritilganda, u Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Peshqadam ko‘chasida yashovchi Ya.A. ekanligi hamda muqaddam Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilganligi aniqlangan.
"Xodimlar yuqorida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha uyga kirishganda, u yerda yashovchi X.M. og‘zi, qo‘li va oyoqlari skotch bilan bog‘langan holda tanasi va yuzidagi turli jarohatlar bilan topilgan va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan", deyiladi xabarda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, bu hodisa haqida jabrlanuvchining o‘zi ham video joylashtirgan.
LiveBarchasi