Internet orqali intim xizmatlarini taklif qilgan “Dina” laqabli 28 yoshli ayol ushlandi
Olam
−
01 may
18194Bugun, 1 may kuni Qirg‘izistonda internet orqali intim xizmatlarini taklif etgan 28 yoshli ayol qo‘lga olindi. Bu haqda O‘sh shahar IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan maxsus tadbirda 1996 yilda Qorasuv tumanida tug‘ilgan ayol fohishalik bilan shug‘ullanishda gumonlanib, ushlangan.
"Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda "Dina" nomi bilan tanilgan ayol foydalanuvchilarga o‘zining intim xizmatlarini reklama qilgan. U O‘sh shahri A.Masaliyev ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uydagi ijaraga olgan kvartirasida mijozlarini qabul qilgan", deyiladi xabarda.
Shuningdek, "Dina" bilan birga uyning asl egasi – 1998 yilda Qorasuv tumanida tug‘ilgan M.S. ham qo‘lga tushgan. Tintuv chog‘ida uning sumkasida "Makarov" to‘pponchasi borligi aniqlanib, tegishli ekspertiza tayinlangan.
Ayni paytda gumonlanuvchilar vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan bo‘lib, ularga nisbatan Qirg‘iz Respublikasi JKning 160-moddasi (Fohishalik va buzuqlikni targ‘ib qilish) bilan jinoiy ish ochilgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida 2 nafar qizni fohishalik uchun Rossiyaga jo‘natayotgan ayol qo‘lga olingandi.
LiveBarchasi