Instagram yangi xizmatni ishga tushiradi

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Instagram ijtimoiy tarmog‘i “Live Rooms” deb nomlangan jonli translyatsiya funksiyasini ishga tushirmoqda, unda to‘rt nafar foydalanuvchi ishtirok etishi mumkin. Bu haqda tarmoq rasmiy sahifasida ma’lum qilingan

Qayd etilishicha, ilgari ikki nafar foydalanuvchi birgalikda jonli efirni translyatsiya qilishi mumkin edi.

“Ilgari siz tandemda faqat bir nafar odam bilan jonli translyatsiyani efirga uzatishingiz mumkin edi, endi biz sizga jonli efir ishtirokchilarini ikki baravar oshirishga imkon beramiz”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, yaqin oylarda “Live Rooms”da moderatsiya va audio boshqaruv kabi qo‘shimcha funksiyalar paydo bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan.

Ma’lum qilinishicha, “Live Rooms”ni ishga tushirish uchun ekranda chapga surish va “Live camera” funksiyasini tanlash kerak. Keyin sarlavha qo‘yib, mehmonlarni qo‘shish uchun xona belgisini bosish lozim. Shuningdek, “Live Rooms”ning biron bir a’zosi tomonidan bloklangan tarmoq foydalanuvchisi ayna o‘sha jonli efirga qo‘shila olmaydi.
 
Dasturdagi yangi funksiya foydalanuvchilarga o‘z faoliyatlarini monetizatsiya qilishga yordam beradi. Tomoshabinlar sevimli ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus nishonlarni sotib olishi hamda mablag‘ yig‘ish aksiyalarini o‘tkazishi mumkin bo‘ladi. Tez orada yangi funksiya Instagram’ning barcha foydalanuvchilari uchun taqdim etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Instagram

Baholaganlar

84

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing