Instagram yangi funksiya taqdim etadi 

Texnologiya

image

Instagram ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari o‘z postlari ostidagi "layk"larni yashirishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Instagram rahbari Adam Mosseri ma’lum qilgan.  

"Sizga qaysi biri maqbul ekanligi to‘g‘risida qaror qabul qilishga imkon beradigan yangi xususiyatni sinovdan o‘tkazmoqdamiz: boshqalarning postidagi "layk"lar sonini ko‘rmaslik uchun, o‘zingizning "layk"laringiz sonini ko‘rinmaydigan qilib qo‘yishingiz mumkin bo‘ladi", degan Mosseri. 

Uning aniqlik kiritishicha, ushbu funksiyadan bir yildan beri yetti mamlakatda, jumladan, Kanada va Braziliyada foydalanib kelinmoqda.  

Ijtimoiy tarmoq ba’zi foydalanuvchilar o‘z postlarining mashhurlik darajasini ko‘rish uchun "layk"larni saqlashni afzal ko‘rishini aniqlagan. 

Avvalroq, Instagram ijtimoiy tarmog‘i platformadan foydalanishda voyaga yetmaganlarni himoya qilish bo‘yicha yangi choralarni e’lon qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Instagram

Baholaganlar

212

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing