Infeksiya vaqtida burunni qachon suv bilan chayish mumkin emas?

Salomatlik

image

Tibbiyot fanlari nomzodi va tibbiy klinika rahbari Vladimir Zaysev koronavirusning oldini olish uchun burun bo‘shlig‘ini yuvish, agar shilliq qavat qurib qolgan qolsa, mantiqiy emasligini ta’kidladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

“Agar burun bo‘shlig‘i toza, tiqilib qolmagan va nafas olish me’yorda bo‘lsa, bu holatda uni yuvishning hojati yo‘q”, dedi Zaysev.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, burunni sho‘r suv bilan yuvish faqat shilimshiq bor bo‘lsa tavsiya etiladi. Aks holda, bu tanaga zararli bo‘lishi mumkin. Aniq aytiladigan bo‘lsa, bu shilliq qavatning tirnalishi, yallig‘lanishi va qon ketishiga olib kelish ehtimoli yuqori.

Zaysev infeksiyaning oldini olish uchun dorixonalardan virusga qarshi burunga qo‘llaniladigan preparatlar olishni maslahat beradi. Ularni uydan chiqishdan oldin qo‘llash juda foydali ekanligini ta’kidlaydi mutaxassis.


Maqola muallifi

Teglar

salomatlik

Baholaganlar

257

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing