Indoneziyadagi zilzila qurbonlari soni 50 ga yaqinlashdi
Olam
−
12097 1 daqiqa
Indoneziyaning Sulavesi orolida yuz bergan 6,2 balli zilzila qurbonlari soni 46 nafarga, jabrlanuvchilar 826 nafarga yetdi.
Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi vakili Raditya Jatining ma’lum qilishicha, ofat yuz bergan hududdan 15 ming kishi evakuatsiya qilingan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida 415 ta binoga zarar yetgan. Bular orasida shifoxona, gubernator ma’muriyati va boshqa davlat muassasalari bor.
Qidiruv-qutqaruv ishlari hamon davom etyapti.
Indoneziya Tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy agentligi (BNPB) kecha, 15 yanvar kuni Mamuju shahrida zilzila qayd etilganini ma’lum qilgandi.
Silkinish epimarkazi Mamujudan olti kilometr shimoli-sharqda 10 km chuqurlikda bo‘lgan.
Zilzila natijasida elektr energiya ta’minoti va aloqa liniyalari zarar ko‘rgan.
Live
Barchasi