Rotshildlar sulolasining yirik bankir a’zosi vafot etdi

Olam

image

Fransuz bankiri Baron Benjamin de Rotshild Shveysariyada, 57 yoshida vafot etdi. Bu haqda bugun, 16 yanvar kuni “Agence France-Presse” baronning oilasiga asoslanib xabar berdi.

“Ariane de Rotshild va uning qizlari Benjamin de Rotshildning o‘limi haqida xabar berdi. Bu – ular uchun juda qayg‘uli”, deya xabar berdi agentlik.

Ma’lum qilinishicha, bankirning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan. U 15 yanvar kuni Shveysariyaning Preni shahridagi qarorgohida vafot etgan.

De Rotshild 1963 yilda Fransiyaning Nyoyi-syur-Sen shahrida, Rotshildlar moliyaviy sulolasining a’zosi Edmond de Rotshild oilasida tug‘ilgan. Benjamin 1997 yildan beri “Edmond de Rothschild Holding” xususiy bank va aktivlar guruhini boshqaradigan “Edmond de Rothschild Holding” direktorlar kengashining raisi yedi. Ma’lumotlariga ko‘ra, guruh aktivlari taxminan 160 milliard yevroga baholangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

243

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing