Indoneziyadagi kuchli zilzila qurbonlari soni tobora ortmoqda

Olam

image

Indoneziyaning Sulavesi orolidagi kuchli zilzila qurbonlari soni 78 kishiga yetdi. Bu haqda mahalliy qidiruv-qutqaruv agentligiga asoslanib xabar berilgan. 

Agentlikning ma’lumotlariga ko‘ra, 67 kishi Mamuju tumanida, yana 11 kishi Majene tumanida vafot etgan. 

Bundan tashqari, zilzila oqibatida 740 dan ortiq odam jarohat olgan, 27,8 mingdan ortiq mahalliy aholi o‘z uylarini tashlab ketgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 yanvar kuni Indoneziyaning G‘arbiy Sulavesi viloyati Mamuju shahri yaqinida 6,2 balli zilzila sodir bo‘ldi va hududdagi ko‘plab binolarning vayron bo‘lishiga sabab bo‘ldi. 

Shuningdek, kecha, 17 yanvar kuni Indoneziyada Merapi va Semeru vulqonlari faollashgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Indoneziya

Baholaganlar

57

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing