Balida rossiyalik sayyohlar bölgan kater portlab, yonğin çiqdi (video)

Olam

−

image

Indoneziyaning Bali oroli yaqinida rossiyalik tört sayyoh bölgan katerda portlaş sodir bölib, yonğin çiqdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Qayd etilişiça, hodisa joriy yilning 29 oktyabr kuni Nusa-Penida oroli yaqinidagi “Gamat Bay” körfazida yuz bergan. “Naomi” nomli katerda tört nafar rossiyalik sayyoh, gid va ekipaj a’zolari bölgan. Ular dengizda niqob va trubka yordamida suziş – snorkling ekskursiyasiga çiqqan.

Taxminan soat 13:40 da kater körfazdan çiqişga hozirlik körayotgan paytda uning akkumulyator joylaşgan qismida portlaş yuz bergan. Şundan söng, kemada yonğin boşlangan. Olovni körgan sayyohlar va gid suvga sakragan.

Taxminan 70 daqiqadan söng, soat 14:50 da voqea joyidan ötayotgan boşqa katerdagilar suvdagi odamlarni körib qolgan. Ular sayyohlar va Naomi kateri ekipajini qutqarib, kemasiga olib çiqqan.

Hodisa oqibatida sayyohlar va gid jabrlanmagan. Biroq kater kapitani — 31 yoşli I Kadek Dviyana oyoqlaridan kuygan. U Nusa-Penida orolidagi Gema Santhi şifoxonasiga yetkazilgan.

Bali politsiyasi vakili Rina Isriana Devi yonğin oqibatida heç kim halok bölmaganini tasdiqlagan. Rasmiy xabarlarda sayyohlarning fuqaroligi körsatilmagan, ularning rossiyalik ekani haqida “Gazeta.ru” naşri xabar bergan.

Politsiya ma’lumotiga köra, “Naomi” kateri ekskursiyadan avval ta’mirlangan va rejali texnik körikdan ötkazilgan. Şuningdek, dengizga çiqişdan oldin ham tekşirilgan. Gidning aytişiça, körik vaqtida nosozlik aniqlanmagan.

Hozirda Nusa-Penida politsiyasi yonğin sabablarini örganmoqda. Huquq-tartibot idoralari guvohlarni söroq qilişni boşlagan. Kater egasi esa jabrlangan kapitanga şifoxonada yordam berganidan söng politsiyaga ariza bilan murojaat qilmoqçi.

Hodisadan söng politsiya dengiz ekskursiyalarini taşkil etuvçilarni katerlar va ulardagi xavfsizlik vositalarining texnik holatini muntazam tekşirib borişga çaqirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing