Indoneziya Putinni Bayden yoki Zelenskiy bilan uchrashtirmoqchi

Olam

image

Indoneziya Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning "”Yigirmalik” (G20) sammitida AQSH va Ukraina rahbarlari bilan uchrashishiga yordam berishga tayyor. Bu haqda Tomskga tashrif bilan kelgan Indoneziyaning Rossiyadagi elchisi Xose Tavares bugun, 27 oktyabr kuni jurnalistlar bilan muloqotda ma’lum qildi. 

“Indoneziya janob Vladimir Putinni shaxsan qabul qilishdan juda xursand bo‘ladi va biz Rossiya tomonidan bo‘ladigan har qanday so‘rov uchun sharoit yaratib beramiz. Biz Vladimir Putin va AQSH rahbari yoki Vladimir Putin va Ukraina rahbari o‘rtasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan uchrashuvni tashkil etish va o‘tkazishda har tomonlama yordam berishga tayyormiz”, deya ta’kidladi Tavares. 

Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining tarkibi haqida so‘ralganda, elchi “mamlakatlar sammitda ishtirok etishini tasdiqlagan-tasdiqlamaganligiga aniqlik kiritmasdan turib, ularga kim rahbarlik qilishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q”, deb javob berdi. Shuningdek, u davlat rahbarlarining bunday sammitlarda ishtirok etishi masalasi odatda oxirgi lahzada hal qilinishini qo‘shimcha qildi. 

Avval bergan intervyusida Tavares, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning shaxsiy uchrashuvi ikki davlat munosabatlaridagi “muzni buzishi” mumkinligini ta’kidlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Indoneziya Tashqi ishlar vaziri Retno Marsudi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Balidagi G20 sammitida ishtirok etishini tasdiqlagan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Indoneziya

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing