Inesta sevimli futbolchilari qatoriga Messini kiritmadi

Sport

image

Ispaniya terma jamoasi va “Barselona”ning sobiq futbolchisi Andres Inesta o‘zining barcha davrlardagi eng sevimli besh futbolchisi qatoriga Messini kiritmadi. Bu haqda “Sportskeeda” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Barselona”ning sobiq yarim himoyachisi Xosep Gvardiola, Xavi, David Silva, Santi Kasorla va Mixael Laudrupni tanlagan.

Andres Inesta 1996 yildan 2018 yilgacha “Barselona” tizimida bo‘lgan. Bu davrda u kattalar jamoasi safida barcha musobaqalarda 674 ta o‘yin o‘tkazib, 57 ta gol urdi va 136 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Andres, shuningdek, Yaponiyaning “Vissel Kobe” safida o‘ynadi, ispaniyalik futbolchi Osiyo klubida barcha turnirlarda 134 ta o‘yinda qatnashib, 26 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Inestaning so‘nggi klubi BAAning “Emireyts” jamoasi bo‘lib, u yerda afsonaviy futbolchi 23 o‘yinda 5 ta gol urdi.

Ispaniya terma jamoasi tarkibida Inesta ikki marta Yevropa va jahon chempioni bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messi “Inter Mayami” safida qolib, faoliyatini shu klubda yakunlashi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi In'esta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing