Messi Mayami klubida qoladi
Sport
−
26 fevral 2484 1 daqiqa
“Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Amerika jamoasida qoladi va faoliyatini MLSda yakunlaydi. Bu haqda futbol jurnalisti Klaudio X sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Messining “Barselona”ga qaytishi haqidagi mish-mishlarga qaramay, argentinalik futbolchi “Inter Mayami”ni tark etish niyatida emas. Yaqin vaqtlar ichida “Barselona” va “Inter Mayami” o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.
Ma’lumot uchun, Messi “Inter Mayami” bilan 2023 yilning yozida shartnoma imzolagan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, argentinalik hujumchining bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi, Lionel 2004 yildan 2021 yilgacha “Barselona”ning asosiy tarkibida o‘ynagan, 778 ta o‘yin o‘tkazib, 672 ta gol urgan va 303 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messi “Barselona”ga qaytishi mumkinligi xabar qilingandi.
Live
Barchasi