Messi 2026 yilning eng yaxşi futbolçisi deb topildi
Sport
−
10:43 279 2 daqiqa
Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” hujumçisi Lionel Messi Kanadaning “Vantix Magazine” jurnali tomonidan 2026 yilning eng yaxşi futbolçisi deb e’tirof etildi. Bu haqda jurnalning rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinişiça, Messi “Honours 2026” taqdirlaş marosimida 2026 yilning eng yaxşi futbolçisi sifatida e’lon qilingan. Lionel Messi joriy yildagi MLS mavsumining eng sermahsul futbolçisiga aylandi. Argentinalik futbolçi muntazam çempionat doirasida 31 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 26 ta gol urdi va golli uzatmalarni amalga oşiriş orqali jamoadoşlarining yana bir qator gollariga hissa qöşdi. Messi 26 ta gol bilan MLS’ning eng yaxşi töpurari böldi.
Şuningdek, Messi joriy yilda milliy jamoa safida 12 ta uçraşuvda iştirok etib, 11 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oşirdi va Argentina terma jamoasi bilan Jahon çempionati finaliga qadar yetib bordi.
Messi joriy yilning joriy yilning 31 avgust kuni Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaşini ma’lum qilgandi. U milliy jamoa safida jahon çempionligi, Olimpiada oltin medali va ikki marta Amerika Kubogi ğolibligini qölga kiritgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq “France Football” naşri yilning eng yaxşi futbolçisiga beriladigan “Oltin töp” mukofoti Harri Keynga berilgandi.
Live
BarchasiShavkat Mirziyoyev Ummonga bordi
16 Noyabr
Bangladeshda tikuvchilar ish tashlamoqda
16 Noyabr